Gvardiola YCHL pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
29 yanv 2025, 11:20
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasi doiraisda "Bryugge"ga qarshi bahsdan avval jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Hozirgi holatda g'alaba qozonishimiz shart, aks holda musobaqani tark etamiz. Biz keyingi bosqichga chiqish va yana ikkita o'yinda g'alaba qozonib, undan ham uzoqroqqa o'tishni istayapmiz. Bu qiyinchilik yoki sinov emas, bu imkoniyat, yangi chaqiruv.

"Manchester Siti" keyingi bosqichga chiqa olmasa, nima bo'ladi? Klub uchun bu yomon xabar bo'ladi, lekin hozir men bu haqida o'ylamayapman. Ko'pchilik vaziyatimizni qiziqish bilan kuzatayotgani va keyingi bosqichga chiqa olamizmi yoki yo'q, degan savolga javob izlayotganini bilaman. Biz uchun qayg'urayotganlardan minnatdorman. Bu masalada o'yindan keyin savol berishingiz mumkin, ana o'shanda sizga javob beraman.

"Siti" sport formasini yaxshiladimi? Yo'q, hozircha yo'q. Sababi hali ko'p o'yin o'tkazganimiz ham yo'q", - dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Bryugge" uchrashuvi bugun tunda O'zbekiston vaqti bilan 01:00da start oladi.  


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bbc.com