

"Hali kelajagim borasida aniq bir qarorga kelmadim. Agar Roberto Badjo meni yordamchim bo'lishga rozi bo'lsa, Italiyaga boraman", - deb javob bergan Gvardiola.
Ma'lumot uchun, Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi. U avvalroq Angliya terma jamoasini boshqarmasligini ma'lum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniyalik murabbiy 2000 yillarda "Breshiya" safida Roberto Badjo bilan birga to'p surgan. Hozirda Roberto Italiya terma jamoasining texnik direktori hisoblanadi.



