Gvardiola "Barselona"ga qaytadimi?

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2025, 18:39
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Mutaxassis 2008 yildan 2012 yilgacha Kataloniya jamoasini boshqargan. "Barselona"ni tark etgach, "Bavariya"da ishlagan.

"Barca Universal" Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirdi: 

"Hammasi tugagan. Abadiy yakunlangan. Bu ajoyib edi, lekin barchasi tugagan".

Hozirda "Barselona"ni Xans-Diter Flik boshqarmoqda. Kataloniya klubi o'tgan mavsum Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal