

"Barselona"dagi faoliyatimga hech nima teng kelmaydi. Agarda u erga kerak bo'lsam, qaytishga ham tayyorman. Biroq hozir unday emas. Ketganimdan keyin ham jamoa g'alaba qozonishda davom etyapti. Agarda u erga qaytsam ham ko'p narsani o'zgartirish shart bo'lmaydi", - dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, kataloniyalik mutaxassis 2008-2012 yillar davomida "Barselona"da faoliyat olib borgan.



