Gvardiola "Barselona" va "Real"ning mag'lubiyatlaridan hayron emas

Aziz Tukhtamuradov
2 okt 2021
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real" va "Barsa"ning YCHLdagi mag'lubiyatlaridan hayron emasligi haqida gapirdi.

"Chempionlar ligasidagi natijalar meni hayron qoldirmaydi. Bu musobaqada 12 yildan beri o'ynayman va daraja oshganini sezmoqdaman. Har bir o'yin katta jamoalar uchun xavfli bo'lishi mumkin. 

Avvallari o'yinni yutish qiyinligi haqida gapirganimda odamlar balki meni eshitishmagandir. Mana nima uchun YCHLga yo'l olganingda xursand bo'lishing lozim. Guruh bosqichida g'alaba qozonganda esa bayram qilish kerak. Chorak finalga yo'l olganda ham ushbu natijaga qoyil qolgan holda bayramni nishonlash kerak", - dedi Gvardiola. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport