Gvardiola "Barselona" yetakchilaridan birini "Manchester Siti"da ko'rmoqchi

Tolibjon Qosimov
9 avg 2017, 21:24
"Onda Cero"ning ma'lumot tarqatishicha, "Manchester Siti" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Busketsni xarid qilmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi "ko'k-anorranglilar"ga futbolchi borasida rasmiy taklif yuborishgan. "Shaharliklar" Serxioni o'tgan yozdayoq sotib olmoqchi bo'lishgan edi.

29 yoshli futbolchining transferiga Pep Gvardiolaning shaxsan o'zi qiziqmoqda. Busketsning "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan, tovon puli esa 200 million evro deb belgilangan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Onda Cero