Gvardiola "Atletiko" hujumchisi sotib olinishini intiqlik bilan kutmoqda

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2022, 20:54
Mutaxassis "shaharliklar" hujumini kuchaytirish niyatida.

Xosep Gvardiola portugaliyalik Joau Feliksning "Manchester Siti"ga o'tishini istamoqda. UOL Esporte va CNN Portugal jurnalisti Brunu Andradening takidlashicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi transfer shu yozda amalga oshishini xohlamoqda.

Feliksning kelishuvi hujumchi Gabriel Jezus va vinger Rahim Sterling bilan bog'liq vaziyat qanday yakunlanishiga bog'liq. Eslatib o'tamiz, ikki futbolchi "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Ushbu vaziyatda jamoa portugaliyalik hujumchiga qaydnomadan joy ajratishi va moliyaviy feyr-pleyga amal qilishi ham muhim.

Joau Feliks o'tgan mavsumda Madrid klubi safida barcha turnirlarda 34 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UOL