Gvardiola afsonaviy Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi

Khoja
6 okt 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL rekordini o'rnatdi.

Kecha "shaharliklar" APLning 7-turida "Brentford"ni mag'lub etdi. Bu ispaniyalik mutaxassisning APLdagi 250-g'alabasi bo'ldi. 

Gvardiola ushbu natijaga erishishi uchun jami 349 ta uchrashuv kerak bo'ldi. Shu tariqa, Pep "Manchester Yunayted"ning afsonaviy murabbiyi Aleks Fergyusonga tegishli rekordni yangiladi.

Shotlandiyalik murabbiy 250 talik marrani zabt etishi uchun 404 ta uchrashuv kerak bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru