Gvardiola 37-sovrinini yutdi, u faqatgina bir murabbiydan ortda qolmoqda

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2023
Faqatgina Aleks Fergyuson murabbiy sifatida Pep Gvardioladan ko'proq sovrin yutgan.

Ispaniyalik murabbiy kecha "Manchester Siti" bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'ldi.

Shu tariqa, u murabbiylik faoliyatidagi 37-sovrinini yutdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Pep 2-o'rinni egallab turibdi. Faqatgina 49 ta sovrin yutgan Aleks Fergyuson Gvardioladan oldinda bormoqda. 

Gvardiola "Siti" bilan 16 ta, "Barsa" bilan 14 ta va "Bavariya" bilan 7 ta sovrin yutgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta