Gvardiola 3 ta top-ligada chempion bo'la oldi. Undan oldin bunga faqat ikki murabbiy erishgandi

15 apr 2018, 22:25
“Manchester Siti” muddatidan avval APL chempionligiga erishdi.

“Siti” bosh murabbiyi esa o'z faoliyatidagi navbatdagi ligadagi chempionlikni tantana qildi. Gvardiola “Siti” bilan chempion bo'lgunga qadar, Ispaniyada “Barselona” bilan (3 marta), Germaniyada esa “Bavariya” (3 marta) bilan mamlakatda tengsiz bo'lishga erisha olgan edi.

Shu tariqa Gvardiola 3 ta top-ligada chempion bo'la oldi.

Undan oldin bunday natijani Karlo Anchelotti ( 4 ta ligada - Angliya, Italiya, Fransiya, Germaniya) hamda Joze Mourinyo (3 – Angliya, Italiya, Ispaniya) qo'lga kiritgan edi.

Gvardiola murabbiylik faoliyatida 23 ta sovrinni qo'lga kiritishga ulgurdi. Joze Mourinyo esa shu kunga qadar 25 ta sovringa ega chiqqan.


O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru