G'uzorga ham katta futbol havosi qaytdi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2020, 16:47
O'zbekiston PRO-Ligasi ishtirokchisi bo'lgan “Sho'rtan” jamoasi futbolchilari ham ma'lum muddat cho'zilgan karantin “tatili”dan so'ng, mashg'ulotlarga kirishib ketishdi.

Asror Aliqulov boshchiligidagi va uning yordamchilari Botir Qodirqulov, Akmal Saitqulov hamda Sherzod Kattaevlar qo'l ostidagi “Oq bo'rilar” jamoasi vakillari G'uzordagi qarorgohda kuniga ikki mahaldan iborat bo'lgan tayyorgarlik bosqichida ishtirok etishyapti. Mashg'ulotlar barcha karantin qoidalariga rioya qilingan holda, shuningdek shifokrlarning doimiy nazorati ostida ochiq maydon va yopiq binolarda davom ettirilmoqda.

Quyida “Sho'rtan” futbolchilarining mashg'ulotlardan olingan rasmlarni tomosha qiling.

 


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Шўртан” ПФК матбуот хизмати