Gus Xiddink: “Menga boshqa klublardan taklif tushmadi”

23 iyul 2013, 10:25
“Anji” klubining sobiq bosh murabiyi Gus Xiddink kelajakda nimalar qilishi bo'yija hali aniq bir qarorga kelmaganligini aytib o'tdi.

“Menga boshqa klublardan taklif tushmadi. Men boshqa bir klubga ketayotganim yo'q.

Shu haftada mening qarorimga binoan “Anji” klubi rahbariyati bilan uzoq muzokaralar bo'lib o'tdi. Biz oldimizga qo'yilgan barcha maqsadlarga yetib bo'ldik. Biroq mening klubdagi missiyam o'z nihoyasiga etdi deb o'ylayman. Klubda poydevor yaratib bo'lingan va bu klub endilikda mensiz ham yuqoriga intilishda davom etaveradi. “Anji”ning kelajagi porloq.

Endi nima bilan shug'ullanaman? Birinchi navbatda uzoq tatilga chiqaman” – deydi Xiddink.


Manba: sports.ru