Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, yoshlar ijrosida kurashchan jamoa shakllantira oldi. Lekin sportda, xususan, futbolda ko'p narsa moddiy tomonga bog'liq. Puli bor jamoaning oshig'i olcha, aksincha bo'lsa, omad ham yuz o'giradi. Bunga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. "Guliston"ning moliyaviy sharoitlari ham bugungi kunga kelib havas qilarli darajada emas. Buni "Guliston"ning "Paxtakor"ga qarshi o'tkazgan Kubok bahsidan keyin Ashurmatovning o'zi ham aytib o'tgan.
Shu bois davralar oralig'ida jamoa safini bir qator futbolchilar tark etishi kutilmoqda. Xususan tajribali hujumchi Nosir Otaqo'zievga sobiq jamoasi "Neftchi"dan taklif bo'lgan. Bu borada Otaqo'zievning o'zi bilan bog'langanimizda, ikkinchi davrani Gulistonda o'tkazishi so'roq ostida ekanligini ma'lum qildi. Shuningdek yana bir qator yetakchi futbolchilarga oliy liganing boshqa klublaridan sovchilar bor. Birinchi davrada "Guliston" tarkibida o'zini ko'rsatishga erishgan yosh o'yinchilarga ham boshqa bir qator klublardan qiziqish borligi aytilmoqda.
Islombek Rustambekov.