"Gudison Park"da O'zbekiston bayrog'i

Alisher
4 iyul 2020
Bundan bir necha kun oldin APL 32-tur doirasidagi "Everton" - "Lester" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Risharlison va Sigurdssonning gollariga faqatgina mehmonlar Ixeanachoning bir goli bilan javob qaytara olishdi xolos.

Angliya Premer-ligasi o'yinlarida ko'ryapmizki, stadiondagi sektorlarda klublarning homiylari aks etgan katta reklamalar sektorlarga joylashtirilib chiqilmoqda.

E'tiborlisi, "Everton" va "Lester" o'yinida sektorlardan biri O'zbekiston bayrog'i uchun ajratilgan.

Eslatib o'tamiz, asli o'zbekistonlik bo'lgan biznesmen Alisher Usmonov ("USM Holding" tasischisi) "Everton"ning yangi stadioni nomlanish huquqini ham sotib olgan. Liverpul klubi va kompaniya o'rtasidagi bitim 30 million funtga tuzilgan. "Everton" hozirda o'z uy uchrashuvlarini 1892 yilda ochilgan "Gudison Park"da o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia