Guarin faoliyatini Kolumbiyada davom ettiradi

Alisher
1 yanv 2020
"Portu" va "Inter" sobiq yarim himoyachisi Fredi Guarin Kolumbiya chempionatiga yo'l oldi.

Xavbek "Milonarios" jamoasi safiga qo'shildi, bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Bitim tafsilotlari oshkor etilmayapti.

Guarin faoliyati davomida "Boka Xuniors", "Portu" va "Inter" kabi jamoalarda o'ynagan.

Futbolchi Kolumbiya terma jamoasi safida 57ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MillosFCoficial