"Guanjou Evergrand" yana mag'lubiyatga uchradi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2017, 18:39
Pekinning "Beyjing Goan" klubi Xitoy chempionatining 16-turida "Guanjou Evergrand"ni qabul qildi.

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimec bu uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. "Beyjing Goan" ushbu bahsda 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ikki golga ham Xonatan Soriano mualliflik qildi. Xitoy chempionatining amaldagi g'olibi "Guanjou Evergrand" Superliganing ketma-ket ikkinchi uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi.

"Beyjing Goan" - "Guanjou Evergrand" 2:0

Gollar: Xonatan Soriano 1, 51.

Xitoy chempionati turnir jadvali bilan tanishing.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia