
"Guanjou Evergrand" bu turda "Chongyaing Lifan" mehmoni bo'ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
"Chongyaing Lifan" - "Guanjou Evergrand" 2:2
Gollar: Vu Yung Jun 16, Fernando Konsesao 79 - Gao Lin 28, 60.

"Shanxay SIPG" esa Pekin klubi "Beyjing Goan" bilan bellashdi. Bu bahsda Oskarning yagona goli shanxayliklarga 3 ochko taqdim etdi. O'zbekiston terma jamoasi sardori va "Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Odil Ahmedov ushbu bahsda to'liq ishtirok etdi.
"Beyjing Goan" - "Shanxay SIPG" 0:1
Gol: Oskar 31.

Eslatib o'tamiz, "Guanjou Evergrand" o'tgan turda ham durang o'ynagan edi. Ayni damda Xitoy chempionatida "Guanjou Evergrand" hamda "Shanxay SIPG" o'rtasidagi farq 4 ochko.