Gruziya o'z tarixida ilk marotaba Yevropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
27 mar 2024
Gruziya terma jamoasi ilk bor Yevropa chempionatida ishtirok etadi.

Villi Sanol shogirdlari 0:0 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida Gretsiyani mag'lub etishdi va pley-offdan muvaffaqiyatli o'tishdi.

Gruziya – Gretsiya 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penalti bo'yicha - 4:2

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya, Dvali, Kiteyshvili (Kvekveskiri, 104), Kochorashvili, Chakvetadze (Davitashvili, 104), Kvaratsxeliya (Kvilitaya, 109), Zivzivadze (Mikautadze, 74), Shengeliya (Citaishvili, 86).

Gretsiya – Vlaxodimos, Boldok (Rota, 60), Xacidyakos (Recos, 105), Mavropanos, Cimikas, Bakasetas, Mantalos (Buxalakis, 99), Kurbelis (Siopis, 67), Pelkas (Konstantelias, 61), Masuras, Ioannidis (Yakumakis, 90).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 4:2.

Ogohlantirishlar: Boldok (6), Xacidyakos (35), Zivzivadze (42), Mavropanos (44), Kverkveliya (50), Konstantelias (90), Rota (90+3).

Chetlatish: Loriya (45+3).

Gruziya "F" guruhidan joy oladi. Ularning raqiblari Turkiya, Portugaliya va Chexiya terma jamoalari bo'ladi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia