Grizmanning "Barselona"ga o'tadigan kuni ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
17 may 2018
"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmannga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, futbolchi va Kataloniya klubi o'zaro kelishuvga erishgani, fransiyalik ko'k-anorranglilar bilan 5 yillik shartnoma tuzishi e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" Grizmann transferi haqida 2018 yilning 1 iyulida ma'lum qiladi. Hujumchi 100 mln. evro evaziga Kataloniya klubiga o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport