
Fransiyalik futbolchi afro-parik kiyib oldi va tanasiga qora rang surib oldi.
"80-yillar uslubidagi kecha" - deb yozgan fransiyalik.

Bir qancha vaqt o'tganidan so'ng Grizmanni ko'pchilik irqchilikda ayblay boshladi. Futbolchi bu surat "Garlem Globtrotters"ga atalganini aytib, o'zini oqlamoqchi bo'ldi.
"O'zingizni bosing, men "Garlem" muxlisiman. Bu ularga bo'lgan hurmat" - deydi Grizmann.
Natijada Antuan suratni o'chirib tashladi.