Grizmann va Neymar bitta jamoada o'ynashni xohlashmoqda

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2019
Atletiko forvardi Antuan Grizmann hamda PSJ hujumchisi Neymar Barselonaga o'tishni istamoqda.

Mundo Deportivo'ning xabar qilishicha, ikkala futbolchi ham kataloniyaliklar safiga o'tmoqchi. Grizmann ko'k-anorranglilarning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Sababi u jamoadan kyetishi mumkin bo'lgan  Filippe Koutinoning o'rnini egallashi kutilmoqda. Antuan o'tgan yili barsaning taklifini rad etgani uchun Neymar esa sobiq jamoasidan ketganiga afsuslanmoqda. 

28 yoshli fransiyalik futbolchining tovon puli iyul oyida 200 dan 120 mln. evroga tushadi. Barselona aynan shuni kutayotgani aytilmoqda. Neymarda esa vaziyat boshqacharoq. PSJ uni sotishni rejalashtirmayapti. Agar unga Barselona tomonidan taklif tushadigan bo'lsa, u holda parijliklar Usmon Dembeleni kleishuvga qo'shishi mumkin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo