Grizmann uchun yana bir top-jamoa kurashga qo'shildi

Mirjalol Normatov
19 mar 2019, 20:26
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

AS xabariga ko'ra, Parij jamoasi futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida transfer qilmoqchi. Shu orqali PSJ jamoadan ketmoqchi bo'layotgan Neymar yoki Kilian Mbappening o'rnini bosishi mumkin.

Bu mavsumda 27 yoshli Grizmann "Atletiko" tarkibida 39 o'yinda 18 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi. Uning tovon puli 200 million evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS