Grizmann Fransiya tarixidagi eng yaxshi to'purarlar qatoridan joy oldi

17 okt 2018, 08:05
Kecha Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi 4-turida Germaniyani Antuan Grizmanning dubli evaziga mag'lub etdi.

Shu tariqa Antuan Grizmanning terma jamoa safida urgan gollari soni 26 taga etdi. Bu orqali Antuan Silven Viltor bilan tenglashib oldi va Fransiya tarixidagi eng yaxshi 10 hujumchi qatoridan joy oldi.

9-o'rinni 27 ta gol bilan Karim Benzema band etib turgan bo'lsa, terma tarixidagi eng ko'p gol urgan futbolchi Terri Anri hisoblanadi. Uning hisobida 51 ta gol bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live