Grizmann fevraldan beri ilk bor La Ligada gol urdi. Yana Messining uzatmasidan so'ng

6 iyul 2020, 08:18
“Barselona” La Liga 34-turi doirasida “Vilyarreal” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda Lionel Messining uzatmasidan so'ng Antuan Grizmann ham o'z nomiga bitta gol yozdirib qo'ydi. Francuz so'nggi bor La Liga doirasida 15 fevralda “Xetafe” (2:1) darvozasiga gol urgandi. Qayd etish joiz, o'shanda ham Grizmann Messining uzatmasidan so'ng gol urgandi.

29 yoshli hujumchi joriy mavsum La Ligada 33 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta