Grizmann faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishiga ishonchi komil emas

Aslanov Jasurbek
26 may 2016, 13:14
"Atletiko" yarim himoyachisi Antuan Grizmann kelasi mavsumda klubda qolishiga to'liq kafolat bera olmaydi.

Bu haqda uning agenti Erik Olxarts e'lon qildi.

"Ayni damda biz turli klublarning takliflarini o'rganib chiqyapmiz. "Atletiko"ga keladigan bo'lsak, hech narsani kafolatlay olmayman" - deydi Olxarts.

Agentning so'zlariga ko'ra, futbolchi xizmatlariga MYU, "Chelsi" va PSJ qiziqish bildiryapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe