Grizmann “Barselona”dan ketadimi?

12 may 2020, 07:32
Francuz klubda qolishni xohlamoqda.

Antuan Grizmann yozgi transfelar vaqtida “Barselona”dan ketish niyatida emas.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Antuan “Inter”dan olib kelinishi kutilayotgan Lautaro Martines transferiga qo'shilishi mumkin. Bu haqida Kataloniya klubi rahbariyati Grizmanni ogohlantirib qo'ygani ham aytilgan. Biroq Antuan klubdan ketmoqchi emasligini aytgan.

Ma'lumot uchun, Grizmann “Barselona”ga o'tgan yil yozda “Atletiko”dan o'tgandi. U La Liganing joriy mavsumida 26 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca.com