Grizmann "Atletiko" rahbari va bosh murabbiyi bilan uchrashdi

Eldor Akmurzayev
15 may 2019
Fransiyalik futbolchi Antuan Grizmann Atletiko rahbariyatiga jamoadan ketmoqchi ekanligni ma'lum qilgan.

Bu haqda, forvard shaxsan matraschilar prezidenti Migel Anxel Xil Marin hamda klub bosh murabbiyi Diego Simeone bilan bo'lgan uchrashuvda aytgan. Avvalroq, uning Barselonaga o'tish haqida xabar berilgandi. U Atletiko safidagi so'nggi uchrashuvini LaLiganing 38-turida Levantega qarshi o'tkazishi kutilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, mazkur bahs 18-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca