Grilishni Pogbaga ideal o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda

Alisher
14 noya 2020, 13:30
"Manchester Yunayted" "Aston Villa"ga Jek Grilish uchun ikki o'yinchisi va ma'lum miqdordagi pulni taklif qilmoqchi.

"Yunayted" so'nggi oylarda yarim himoyachiga katta qiziqish bildirmoqda, jumladan transferlar oynasida ham.

Bunga qaramay, Grilish "Aston Villa" bilan yangi shartnoma imzoladi, "qizil iblislar"ning o'yinchiga qiziqishi esa saqlanib turibdi.

"Manchester Yunayted" xo'jayinlari 25 yoshli Grilishni Pogbaga ajoyib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Grilish joriy mavsum 8ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes