

"Qizillar" 25 yoshli angliyalik futbolchini ushbu qishda o'z saflariga qo'shib olishmoqchi edi, ammo manchesterliklar uni qishda qo'shib olish qiyinligini tushunishdi va unga yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsad sifatida qarashmoqda.
MYU Grilishga chempionat va boshqa turnirlarni yutib beradigan jamoaning bo'lajak yetakchisi sifatida qaramoqda.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.



