Grilish: "Bu bizning yilimiz deb o'ylagandim"

Sherzod Nurmatov
12 dek 2022
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish milliy terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tayotgan 2022 yilgi Jahon chempionatini tark etgani haqida gapirdi.

"Chiqib ketganimizdan keyin o'zimni g'alati his qilyapman, buni so'z bilan tasvirlab bo'lmaydi, chunki men bu bizning yilimiz deb o'ylagandim. 

Ushbu jamoaning bir qismi bo'lish sharaf edi. So'nggi 4 hafta davomida bu o'yinchilar va xodimlar bilan birga ishlaganimdan faxrlanaman.

Hammamizni aql bovar qilmas rishtalar bog'lab turadi. Kelajakda tarix yaratishni intizorlik bilan kutamiz. Oxirgi 4 hafta mobaynida bizni qo'llab-quvvatlab turgan har bir angliyalik muxlisga rahmat", – dedi Grilish.

Angliyaliklar Jahon chempionati 1/4 finalida Fransiya terma jamoasidan mag'lub bo'lib (1:2), musobaqani tark etishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN Sports