Grilish bir oyga safdan chiqqan bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
12 fev 2022, 23:41
Futbolchi mashg'ulotlarda jarohat oldi.

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa o'yinchisi Jek Grilishning jarohat olgani haqida ma'lum qildi.

"Grilish shikastlandi. Bu uning avvalgi jarohatiga bog'liq bo'lishi mumkin. "Brentford" bilan o'yindan keyingi mashg'ulotlarda u o'zini yomon his qildi. Bugun ham u o'ynamaydi. O'ylaymanki, seshanba kungi o'yingacha Jek tiklanadi", -deydi Gvardiola.

The Telegraph nashri bergan ma'lumotga ko'ra esa Grilishning jarohati jiddiy bo'lishi mumkin va tiklanish uchun deyarli bir oy vaqt ketadi. 

Ma'lumot uchun, Grilish bu mavsum APLda 17 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Manchester Evening News