

Ikki klub Luis Suaresni taklif qilmoqda.
Braziliyaning "Gremio" klubi 35 yoshli hujumchiga rasmiy taklif bilan chiqdi. "Tyc Sports" jurnalisti Sezar Luis Merloning fikricha, klub futbolchiga ikki yillik shartnoma va eng ko'p maosh oluvchi futbolchi maqomini taklif etadi.
Meksikaning "Krus Asul" klubi urugvaylik futbolchiga xuddi shunday muddatga shartnoma taklif qildi. Futbolchi hali kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q.
Suaresning so'nggi klubi JCH-2022 oldidan tark etgan "Nasonal" bo'ldi.



