"Gremio" Braziliya kubogidan chetlatildi

Tolibjon Qosimov
4 sen 2014
O Globo nashrining xabariga ko'ra, Braziliyaning "Gremio" klubi Braziliya kubogidan chetlatildi.
Bunga klub muxlislarining "Santos" darvozaboni Aranyaga nisbatan irqchilikka doir hayqiriqlar baqirishgani sabab bo'ldi.

Ushbu qarorni Braziliya Sport sudi qabul qildi. Eslatib o'tamiz, ushbu holat 28 avgust kuni Braziliya kubogi 1/8 finalidagi "Gremio" - "Santos" uchrashuvida kuzatildi. Bahsda "Santos" g'alaba qozondi 2:0.

Uchrashuv vaqtida "Gremio" mehmonlar posboni Aranyaning shaniga irqchilikka doir hayqiriqlarni yo'llashdi.

Klub 50 ming Braziliya reali miqdorida jarimaga tortildi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.ru