Grem Suness: "Meddison asosiy tarkibda o'ynashi kerak. U Bellingemdan kuchliroq"

Omonjon To`xtamirzayev
13 sen 2023, 18:15
Shotlandiyalik sobiq futbolchi Grem Suness angliyalik yarim himoyachilar Jeyms Meddison va Jud Bellingemni solishtirdi.

"Men Meddison iqtidorining muxlisiman. O'ylashimcha, u va Bellingem Angliya termasi asosiy tarkibida birga o'ynashi zarur. Bu jamoa sovrinlar yutishi shart.

Agarda Jeyms va Judning statistikasini solishtirsak, Meddison Bellingemni barcha jihatlarda ortda qoldiradi. U vaziyatlar yaratishda ham, gol urish borasida ham kuchliroq", - deya murabbiy so'zlaridan iqtibos keltirdi "Goal.com".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal.com