Grem Suness: "Loirisning yaroqlilik muddati tugagan"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2023
Sobiq futbolchi Grem Suness darvozabon Ugo Lorisni tanqid qildi.

"Lorisning muxlisi emasman. Mavsum boshidan buyon u to'rtta golda xato qildi - bu darvozabonlar orasidagi eng yomon natija. Uning yaroqlilik muddati tugagan", - dedi "Liverpul"ning sobiq futbolchisi.

APLning 18-turi doirasida "Tottenxem" o'z maydonida "Aston Villa"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Eurosport