Grem Potter "Chelsi"ning jarohatlangan futbolchilari haqida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
8 dek 2022, 21:42
"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter jarohatlangan futbolchilarning holati haqida gapirdi.

"Ris Jeyms to'liq mashg'ulot o'tkazmadi. Fofana esa asta-sekinlik bilan aytganlarimizni to'liq bajarmoqda. Ueslida hali biroz bor, ammo unchalik darajada emas. Ben Chilluell Dubayda individual mashg'ulotlar olib bordi, hozir yigitlar bilan, biroq cheklangan dastur bilan ishlamoqda. Kante esa umumiy mashg'ulotlar qilishdan ancha yiroqda, uning tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. Kepa ham individual ishlamoqda, so'nggi kunlarda uning tiklanishi ancha tezlashdi.

Loftus-Chik trenajyorda ishlamoqda, kelasi haftadan u umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashishini taxmin qilyapmiz. Buyog'iga futbolchilarning holatiga qaraymiz. Bizda teng kuchli futbolchilar ko'p", - dedi Potter.

"Chelsi" navbatdagi uchrashuvini 27 dekabr kuni o'z maydonida "Bornmut"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal