Granit Jaka: "Maoshimning 80%ni uyimga yuboraman"

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2016
Shveytsariya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi Granit Jaka maoshining 80%ni oilasiga jo'natishini aytdi.

"Biz ota-onamiz oldida qarzdormiz. Men ularga klubdan olgan maoshimni beraman. Akam va menda alohida hisob kitoblar bor, ammo daromadimning 80%ni uyga yuboraman. Pulga jiddiy e'tibor bermaymiz va ular tezda tugab qolishi mumkin. Agar puling ko'pligi uchun boshqalardan zo'rman deb o'ylasang, tezda hammasini yo'qotishing mumkin. Hayotdagi eng qadrli narsa - oila" - deydi Jaka.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1.de