

Yarim himoyachi 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Kelishuvning boshqa tafsilotlari birmingemliklar tomonidan oshkor qilinmayapti.
Duglas Luis 2019 yilning yozidan beri "Aston Villa" ranglarini himoya qilib kelmoqda. O'shandan beri braziliyalik futbolchi "villanlar" safida 120 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bitimni uzaytirish "Aston Villa" uchun muhim qadamdir, chunki 24 yoshli braziliyalik so'nggi paytlarda "Barselona", "Chelsi", "Arsenal", "Roma" va boshqa klublar qiziqishlari doirasida edi.



