Gonsalu Ramushni "Barselona"ga taklif qilishgan, ular esa…

10 dek 2022, 17:20
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramush o'tgan yozda "Barselona" a'zosiga aylanishi mumkin edi.

Agent Jorje Mendesh Qatardagi mundial nimchorak finalida Shveytsariyaga qarshi o'yinda (6:1) xet-trik qayd etgan Gonsalu Ramushni Kataloniya klubiga taklif qilgan. U Memfis Depay jamoani tark etsa, uning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan nomzod sifatida tanishtirilgan. Biroq niderlandiyalik hujumchining Ispaniyada qolishi aniq bo'lgach bu taklif e'tibordan chetda qoldi. 

Portugaliyalik hujumchining ajoyib harakatlari ayni paytda "Barsa"ni o'ziga jalb qilmoqda. Ular "Benfika" futbolchisini Robert Levandovskiga o'rinbosar sifatida qo'rishmoqda. Biroq endi moliyaviy qiyinchiliklar sharoitida bu ancha qiyin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es