Gonkongdan O'zbekistonga qancha muxlis keladi?

Оқил Абдубарноев
23 mar 2024, 12:48
Avvalroq mamlakat terma jamoasining Toshkentga braziliyalik futbolchilarsiz tashrif buyurishi aytilgandi.

26 mart kuni jahon chempionati saralashi 2-bosqichi 4-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Gonkong uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsda jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qancha gonkongliklar tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.

Mamlakat terma jamoasi muxlislari sahifasida e'lon qilinishicha, Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri orqali 30 nafar futbol ishqibozi Toshkentga kelishini tasdiqalagan. Mazkur raqamlar yana ko'payishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Gonkong o'rtasidagi javob uchrashuvi 26 mart kuni soat 19:30 da start oladi.

Dastlabki to'qnashuv 2:0 hisobida Markaziy Osiyo mamlakati jamoasi foydasiga hal bo'lgandi.

Avvalroq mamlakat terma jamoasining Toshkentga braziliyalik futbolchilarsiz tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia