Gonkong Toshkentga yetib keldi va ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
24 mar 2024, 12:02
Tarkibda bir qator yo'qotishlar mavjud.

Gonkong terma jamoasi jahon chempionati saralashi 2-bosqichi 4-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi uchrashuvda maydonga tushish uchun bugun Janubiy Koreya orqali O'zbekistonga uchib kelib, tayyorgarlikni boshladi.

Avvalroq xabar berganimizdek, tarkibda bir qator yo'qotishlar mavjud. O'zbekistonga qarshi 3-turda harakat qilgan uch nafar futbolchi safarga chiqmagan.

Gonkong O'zbekistonga braziliyalik o'yinchilarsiz tashrif buyuradi

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Gonkong o'rtasidagi javob uchrashuvi 26 mart kuni soat 19:30 da start oladi.

Gonkongdan O'zbekistonga qancha muxlis keladi?

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia