Gonkong - O'zbekiston uchrashuvini suriyalik hakam boshqaradi

Tolibjon Qosimov
8 sen 2023
Ertaga, 9 sentyabr kuni U-23 Osiyo kubogi saralashi 2-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilarimiz Gong Kongga qarshi bahs olib borishadi.

Vakillarimiz ishtirokidagi mazkur bahsni suriyalik Hanna Hattab boshqarib boradi. Unga qanotlarda iordaniyalik Ali Ahmad hamda koreyalik Bang Giyol yordamlashadi.

Osiyo kubogi U-23 saralash

"E" guruhi, 2-tur

09.09.2023, 19:00

"Jar" stadioni, Toshkent

Gonkong U-23 - O'zbekiston U-23

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

Yordamchi hakamlar: Ali Ahmad (Iordaniya), Bang Giyol (Koreya Respublikasi)

To'rtinchi hakam: Sang Xyop Che (Koreya Respublikasi)

Nazoratchi: Uolter Edvard Pereyra (Hindiston)

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia