Gomis “Lion” bilan shartnomani uzaytirishni istamadi

24 dek 2013, 13:28
“Lion” hujumchisi Bafetimbi Gomis, klub bilan shartnomani uzaytirishni istamadi.

O'yinchi mavsum so'ngida boshqa klubga o'tish istagini bildirgan.

“Mavsum so'ngida boshqa jamoaga o'taman. Boshqa klubga o'tib, o'zimni o'zgacha sharoitda sinab ko'rish vaqti keldi deb o'ylayman”, - deydi 28 yoshli hujumchi.

Avval berilgan xabarlarda, Gomisga “Nyukasl” qiziqayotgani aytib o'tilgan edi.

Gomis “Lion” tarkibida Fransiya chempionatining 14 ta o'yinida 7 ta gol urishga erishgan.


Manba: sports.ru