Gnabri yozda "Bavariya"dan kyetishi mumkin

Alisher
19 apr 2022
"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri shartnomani uzaytirish borasida klub rahbariyati biln muzokaralar olib bormoqda.

Klub futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmayapti. 26 yoshli futbolchi shu sabab yozda klubdan kyetishi mumkin.

O'yinchiga "Liverpul" va "Real"dan qiziqish mavjud. Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Gnabri joriy mavsum "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Kicker