Gnabri "Verder"ni tark etdimi? (foto)

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2017, 17:43
"Verder" yarim himoyachisi Serj Gnabri klubini o'zgartirmoqda.

"Jamoaning aziz muxlislari, "Verder" men uchun haqiqatdan ham o'zgacha klub. Bu yerda o'z niyatlarimga erishdim. O'zimni ko'rsatish imkoniga ega bo'ldim, buning uchun katta rahmat. Hech qachon shahar, muxlislar va jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashini unutmayman. Endi yo'limiz ajralmoqda. Bu haqida keyinroq e'lon qilaman. Hozir esa "Verder"ga minnatdorchilik bildirmoqchiman" - deb yozadi Gnabri "Instagram"ga qo'ygan surati ostiga.

Gnabri 2016 yilning yozida 5 mln. evro evaziga "Arsenal"dan "Verder"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com