Gnabri faqatgina "Bavariya" bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
6 apr 2022, 12:07
"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri faqatgina Myunxen klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

26 yoshli futbolchi Myunxen klubida qolmoqchi va faqatgina "Bavariya" vakillari bilan gaplashmoqda.

Gnabri myunxenliklar bilan yangi shartnomaga ko'ra, yiliga 15 million evro atrofida maosh olmoqchi. Serjning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Serj Gnabri joriy mavsum nemis ligasida 28ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport