Gnabri "Arsenal"ga qaytishi mumkin

Alisher
7 iyul 2022, 14:30
"Bavariya" vingeri Serj Gnabri faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Germaniya terma jamoasi o'yinchisini "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"dan tashqari u 2011-2016 yillarda o'ynagan "Arsenal" klubi kuzatmoqda.

26 yoshli futbolchining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi o'tgan mavsum "Bavariya" tarkibida 45ta maydonga tushib, 17ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen