PSJning asosiy tarkibiga kira olmayotgan yarim himoyachi Gjegoj Krixovyak "Inter"ga o'tishi mumkin.
Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, francuz klubi polshalik futbolchini yaxshi narx evaziga qo'yib yuborishi mumkin. Bu mavsum Krixovyak Fransiya chempionatida 11ta o'yin o'tkazdi.