Giggz: "Van Gal paytida MYU to'pga egalik qilish bo'yicha 65% natija ko'rsatar edi, Mourinyoda esa - 35%"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2016, 15:49
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchi va murabbiyi Rayan Giggz mankunianlarning "Liverpul"ga qarshi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Asosiysi - albatta, natija. "Liverpul"ga qarshi bahsda "Yunayted" to'pga egalik qilish bo'yicha 35%lik natija ko'rsatdi. O'tgan mavsumda van Galni jamoa to'pga 65% egalik qilgani uchun tanqid qilishdi, ammo o'shanda g'alaba qozongan edik. Agar sen 35%lik natija qayd etsang va g'alaba qozonsang, barcha baxtli. Ammo jamoa ochko yo'qotishda davom etsa, bu muxlislarni g'azablantiradi" - deydi Giggz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports