Giggz Uels termasidan yana chetlatildi. U jamoani Evro-2020da boshqarmaydi

Mirjalol Normatov
23 apr 2021, 22:16
Bugun prokuratura Uels termasi bosh murabbiyi Rayan Giggz ustidan jinoiy ish ochilganini ma'lum qildi.

"Manchester Yunayted" afsonasi ikki nafar ayolga hujum qilib, tan jarohati etkazganlikda ayblanmoqda. Jabrlanuvchilardan biri - murabbiyning sobiq rafiqasi Keyt Grevill.

Sobiq yarim himoyachining sud ishi 28 aprel kuni ko'rib chiqiladi. Ayni damda u garov evaziga ozodlikka chiqarilgan.

Bu xabardan keyin Uels futbol assotsiatsiyasi uni terma bosh murabbiyligidan chetlatdi. Evro-2020 turnirida termani Robert Peyj boshqaradi.

Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili ham Giggz termasidan chetlatilgan, o'shanda u qizini kaltaklab urgani uchun 3 o'yinda termasini boshqara olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal